Classes in C# | Uzbek

RMAG news

Assalomu alaykum barchaga. Bugun biza C# dasturlash tilida Class tushunchasi bilan bog’liq miflarni sindiramiz. Dastlab Classlar haqida gaplashsak.

C# dasturlash tilida class – bu Object-Oriented-Programming(OOP)ni asosiy tushunchalaridan biri hisoblanadi. Classlar yordamida yangi turdagi obekt yaratishingiz va ularga ishlov berish, methodlarni(function) guruhlashingiz mumkin.

Class nima ?
Class bu – obektlarning tuzilishi, xususiyatlari(properties), methodlar(functions)larni aniqlovchi shablon yoki qolib. Yuqorida aytganimizdek siz – Classlar yordamida yangi obektlarni yaratishingiz, ularga ishlov berishingiz va methodlarni guruhlashingiz mumkin bo’ladi.

Classlar nima uchun kerak ?
`- 1 – Ma’lumotlarni guruhlash: Classlar yordamida ma’lumotlar va methodlarni guruhlash imkoniyatiga ega bo’lamiz. Bu bizga codeni o’qish va yaxshi tushunish imkoniyatini beradi.

2 – Qayta foydalanish: Bir marta yaratilgan classdan ko’p joyda foydalanish mumkin. Bu esa codeni yaxshi ishlashini ta’minlaydi (100 xil nomli o’zgaruvchi yaratib o’tirmaysiz 🔥)
3 – Encasulation: Classlar ma’lumotlarni yashirish va ularga kirishni nazorat qilish, imkonini beradi.
4 – Inheritance: Bir class boshqa classlardan meros olib(nusxa olib), uning xususiyatlari va methodlarini o’zida saqlab qolishi mumkin.`

Classlar haqida biroz nazariy bilimga ega bo’ldik. Endi undan foydalanishni bilib olamiz.

Person.cs

// Bir Person degan class yaratib olamiz
public class Person
{
// xususiyatlari 👇
public string Name { get; set; }
public int Age { get; set; }

// Salomlashish uchun Method
public void Greeting()
=> Console.WriteLine($”Assalomu alaykum. Mening ismim: “{Name}” va men {Age}”) yoshdaman”);
}

Yuqoridagi codeda bir inson haqida ma’lumotlarni olib salomlashish uchun bir method yaratdik. Endi shu class asosida bir obekt yaratib olamiz…

Program.cs

public class Program
{
// Yangi obekt hosil qilib olamiz. Person classi asosida
Person odam = new Person();

// Propertylarga value berib chiqamiz
odam.Name = “Ozodbek”;
odam.Age = 17;

// Salomlashish uchun methodni ushbu obekt orqali ishlatib ko’ramiz
odam.Greeting();
}

Output:Terminal

Assalomu alaykum. Mening ismim **Ozodbek** va men 17 yoshdaman

Classlar bo’yicha fundament bilibga ega bo’ldingiz degan umiddaman👋