C# 13.0 da nima yanglik ?

RMAG news

*Ushbu maqolada nimalarni o’rganamiz ? *

C# 13.0 haqida
1👆
Params to’plamlar
Indexga yashirin kirish

C# 13.0 – Bu C# ning 13.0 chi versioni degani. O’zimizni tilda avlodi. Va har yili yangilanib boradi. Bazida esa 2 3 yilda bir yangilanadi…
Xullas boshladik!

C# 13.0 o’z ichiga quyidagi narsalarni oladi.

Siz ushbu functionni .NET sdk 9.0 da ishlata olasiz xolos.

Visual studio 2022 yoki VsCode orqali ishlatishingiz mumkin.

C# 13.0 Faqatgina SDK 9.0 da ishlaydi. Undan pastiga emas ❌

Xohlasangiz .NET SDK 9.0 ni o’rnating (ushbu havola orqali)

Params modifikator massiv turlari bilan cheklanmaydi. Endi siz System.Span<T> , System.ReadOnlySpan<T> va System.Collections.Generic.IEnumerable<T> ni params har qanday to’plam turidan foydalana olasiz. Add orqali esa System.Collections.Generic.IEnumerable<T> , System.Collections.Generic.IReadOnlyCollection<T> , System.Collections.Generic.IReadOnlyList<T> , System.Collections.Generic.ICollection<T> interfeyslari bor , va System.Collections.Generic.IList<T> dan ham foydalanish mumkin.

Indexga yashirin murojaat qilish.

Endilikda ^ orqali objectni ishga tushirish ham mumkin(ruxsat beriladi). Ya’ni nima demoqchiman. Ming marta eshitgandan bir marta korgan yaxshi deganlaridek. Quyidagi code orqali siz massivni ishga tushirishingiz mumkin.

var sanash = new TimerRemaining()
{
buffer =
{
[^1] = 0,
[^2] = 1,
[^3] = 2,
[^4] = 3,
[^5] = 4,
[^6] = 5,
[^7] = 6,
[^8] = 7,
[^9] = 8,
[^10] = 9
}
};

ana ko’rdilarmi.

Hozir bu code 0 dan 9 gacha hisoblovchi massivni yaratadi. C# 9.0 ^ belgi orqali massivni ishga tushirishga ruxsat bermasdi. C# 13.0 da esa o’zingzi ko’rib turibsiz.
Hozircha men ham tushunganlarim shu. Lekin hali bundanda qiziqarli maqolalar hali oldinda…